Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 66 yoshli ayol firibgarlik uchun 21 marta sudlandi (video)

Farg‘onada 66 yoshli ayol firibgarlik uchun 21 marta sudlandi (video)

Farg‘onalik 66 yoshli ayol H.E. 21 marta sudlangan. Har safar u bir xil jinoyat, ya’ni firibgarlik uchun sud qilingan. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturi xabar berdi.

Ayolning 21 marta sudlanishiga odamlarning chorva mollarini firibgarlik yo‘li bilan olib qo‘ygani sabab bo‘ldi. Tergov harakatlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, H.E.ning jinoiy harakatlari sababli uch kishi 52,5 million so‘m zarar ko‘rgan.

Sud Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ayolga 5 yilu 2 oy qamoq jazosini tayinladi.

Kiritildi: 08:40 08.12.2019. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!