Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘ona viloyatining "plagiator" imomi ishdan bo‘shadi

Farg‘ona viloyatining "plagiator" imomi ishdan bo‘shadi

Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Salim Qodirov o‘z ixtiyori bilan ishdan ketgan. 5 iyulda uning o‘rniga Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi, “Xonaqoh” jome masjidi imomi Ubaydulloh Abdullayev tayinlangan.

Avvalroq "Islomda ayol huquqlari" muallifi Nigoraxon Yusupova Salim Qodirovni plagiatda ayblagan. Nigora Yusupovaning aytishicha, Salim Qodirov nomidan chop etilgan "Ayolni e’zozlagan din" kitobi aslida Yusupovaning 2006 yildagi "Islomda ayol huquqlari" monografiyasidan 70-80 foiz ko‘chirilgan.

  • Nigoraxon Yusupova imom nomidan chiqarilgan kitob savdodan olinishi va internetda Salimjon qorining muallifligini tasdiqlovchi ma’lumotlar o‘zgartirilishini talab qilgan.
  • Farg‘ona viloyati sobiq bosh imom-xatibi bu da’volarni tan olmagan.
  • U ishlaydigan Musulmonlar idorasi ham kitob ko‘chirilmagan degan xulosa bergan.
  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur imzosi bilan yozilgan xatda muallif Salimjon Qodirov adabiyotlar ro‘yxatida Nigora Yusupovaning ism-familiyasini ko‘rsatgani qayd etilgan.
  • Prokuratura so‘rovi bilan kitoblarni solishtirib chiqqan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi uning ko‘chirilganini ta’kidlagan. 5 kishidan iborat ekspertlar ikki kitobni solishtirib chiqqan va betma-bet, bobma-bob aynan ko‘chirilgani haqida xulosa bergan. 
     
  • Bi-bi-si Abdulaziz Mansurdan ko‘chirmakashlikda ayblanayotgan imomning Farg‘ona viloyatiga boshchilik qilishi musulmonlar idorasi obro‘siga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqida so‘ragan.

"Men buni juda katta jinoyat deb bilmayman. Salim qori viloyatda shunaqangi islohot ishlarini olib borayaptiki, shunaqa g‘ayratli, charchamaydigan yigit u. Bitta yozgan kitobini bitta joydan ko‘chirdi, bitta joydan emas, har joydan ko‘chirib oladi-ku kitob yozganda. Hammasini o‘zining ichidan chiqarmaydi", – deb javob bergan muftiyning o‘rinbosari Abdulaziz Mansur.

Kiritildi: 13:59 06.07.2019. O'qildi: 4354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!