Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev jamoatchilikdan uzr so‘radi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev jamoatchilikdan uzr so‘radi

Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev farg‘onaliklar va ijtimoiy media foydalanuvchilaridan uzr so‘radi. Hokim jamoatchilikdan uzr so‘rayotgan videoni Xalqaro press-klub tarqatdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumanining bir guruh aholisi oldida ulardan uzr so‘radi.

«OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etayotganlar, keng jamoatchilik oldida men bo‘yin egib, ta’zim qilib uzr so‘rayman», – degan Shuhrat G‘aniyev.

Viloyat hokimining aytishicha, viloyatda kimlargadir ozor yetkazgan mahalliy rahbarlarga chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kungi videoselektorda so‘nggi vaqtlardagi Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida "obodonchilik" masalalari bilan bog‘liq shov-shuvlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi ommaviy buzilishlari haqida shunday degan:

«Mana, internet foydalanuvchilarining Rishton tumanidagi ko‘chmas mulk buzilishlariga nisbatan izohlari. Men sizlarga tayyor pul berayapman, pulni "Obod qishloq" qilinglar deb berayapman. Mana, sening menga "do‘stliging", G‘aniyev degan vallomat!

Kiritildi: 11:30 04.08.2019. O'qildi: 2948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!