Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi 1 ming 500 dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 2 fevral kuni Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi A.S viloyat ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unga ko‘ra shaharning Yangi asr ko‘chasida joylashgan otasi nomiga rasmiylashtirilgan orderli uyni o‘z nomiga o‘tkazib berishlarini so‘rab, shahardagi uy-joy bo‘limiga murojaat etgan. Bo‘limda mutaxassis sifatida ishlovchi xodim orderni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari pora talab qilayotganligini bildirgan.

Fuqaroning arizasiga asosan viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Qirguli mavzesida arizachidan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:37 09.02.2019. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!