Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona qirg‘iniga 30 yil: fojia guvohlaridan hikoyalar (video)

Farg‘ona qirg‘iniga 30 yil: fojia guvohlaridan hikoyalar (video)

Bundan 30 yil muqaddam Farg‘ona viloyatida o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan edi. Fojia oqibatida yuzdan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi. 

Ziddiyatning aniq sabablari hozirgacha noma’lum. Bugun har ikki tomon yuz bergan voqealardan afsuslanib, bunda ba’zi provokatorlarni ayblaydi. 

RIA Novosti ushbu voqealar haqida guvohlar tilidan hikoya qiladi.

«To‘qnashuvlar kutilmaganda boshlandi. Uylarga o‘t qo‘yilib, mesxeti turklarini kaltaklash, qotilliklar, bunaqa bo‘lishini hattoki qo‘rqinchli tushda ham tasavvur qilish qiyin. O‘zbek do‘stlarim ko‘p edi, hech qachon ziddiyatga bormaganmiz. Ko‘chalarda oqayotgan qonni ko‘rib ham, buning haqiqat ekaniga ishonolmadim», – deydi hodisa guvohi Javid Aliyev.

Aliyevning qarindoshlari va boshqa yuz minglab mesxeti turklari 1944 yilda o‘z vatani Gruziyadan Markaziy Osiyoga — O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga deportasiya qilingan. Sovet hukumati bu millatning Turkiya bilan bog‘liqligi bor deb hisoblagan va buni SSSR xavfsizligiga tahdid deb bilgan. 

Турок-месхетинец, пострадавший во время беспорядков на межнациональной почве

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbeklar va turklar o‘rtasidagi nizo 1989 yilning 23 mayida boshlangan. 3 iyunga kelib esa dahshatli fojiaga aylangan: 

«Mening ota-onam Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida yashardi. U yerda birinchi qirg‘inlar bo‘lib o‘tdi. Men Farg‘ona viloyati ma’muriy markazida o‘qirdim, do‘stimdan o‘zbeklar mesxeti turklarining uylarini yoqayotgani haqida eshitib qoldim. Ular mamlakatning barcha hududlaridan o‘zbeklar kelib, mesxetilarni urayotgani, o‘ldirayotganliklari haqida aytishdi. Keyingi kuni Quvasoyga bordim, mahalliy o‘zbeklar menga shubhalanib qarashayotanini sezdim».

alt

Kechqurun Aliyevning nafaqat mesxeti turklari balki, ruslar, koreyslar, qrim tatarlaridan iborat hamqishloqlari hukumatdan Quvasoy aholisini himoya qilishini so‘rab, Lenin maydoniga namoyishlarga chiqadi. Viloyat rahbarlari ham nima bo‘layotganini tushunmasdi.  Nega har doim tinchliksevar bo‘lgan o‘zbeklar bunchalik tajovuzkorga aylandi? Taxminlar ko‘p edi, lekin ulardan biri haqiqatga yaqin ekani hozirgacha noma’lum.

Рафик Нишанович Нишанов, первый секретарь ЦК Компартии Узбекистана

1989 yilning bahorida O‘zkompartiya birinchi kotibi lavozimini egallagan Rafiq Nishanov ziddiyatning kelib chiqishiga bozordagi voqea sabab bo‘lganini ma’lum qiladi. Xaridor, mesxeti-turklaridan biri o‘zbek sotuvchidan qulupnayni juda qimmatga olganini aytadi. O‘zbeklar unga qarshi chiqadi va o‘rtada janjal kelib chiqadi.

Стражи правопорядка задержали хулиганствующих молодчиков €” участников беспорядков на межнациональной почве

Yana bir variant — hammasi pivoxona yaqinida chiqqan janjaldan boshlanadi. Milisiya ularni to‘xtatadi, bir o‘zbek halok bo‘ladi. Keyingi kuni o‘zbeklar guruh bo‘lib mesxeti turklari yashaydigan hududga borishadi.

Солдаты задерживают молодчиков на улицах Коканда

Shuningdek, bu ishning orqasida qandaydir kuchlar turgani to‘g‘risida juda ko‘plab variantlar bor. Lekin, uchinchi tomon qirg‘inni rejalashtirganini isbotlab beradigan biror-bir dalil yo‘q.

Yana bir mashhur versiya: «Birlik» partiyasining O‘zbekistondan rus tilida so‘zlashuvchi aholini chiqarib yuborishga urinishi. Biroq Moskva ularning himoyasiga chiqishini o‘ylab, buni mesxeti turklaridan boshlashga qaror qilishadi.

Guvohlarning so‘zlaridan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, qirg‘in uyushtirganlarning katta qismi mahalliy aholi vakillari bo‘lmagan.

Женщина с окровавленным лицом - жертва столкновений на межнациональной почве

«Mesxeti turklarining uylariga o‘t qo‘yganlar faqat mahalliy aholi vakillari emasdi», — deydi o‘zbek tomoni guvohlaridan biri Ulug‘bek Marubayev.

«Biz oilamiz bilan Qo‘qonga qaytayotgandik. Marg‘ilonda qurollanganlar hamma mashinalarni to‘xtatayotgandi. Faqat mesxeti turklarini tekshirishayotganini aytishdi. Otam qo‘rqib, avtomobilni burib oldi va boshqa yo‘l bilan uyga yetib oldik. Esimda, o‘shanda ota-onam bu kimsalar notanish deya ko‘p takrorlashgandi... 3 iyun kuni kechki payt onamning ukasi bizniga keldi. U 20 yoshlarda edi. Mesxetilarga qarshi kirg‘inda ishtirok etayotganini aytdi. Mening ota-onam bundan shokda edilar. Keyin u  mesxetilar o‘zbek qizlarining nomusiga tekkani, millatdoshlari himoyasi uchun bunga aralashganini aytdi. Bu gaplar rost yoki yolg‘on ekanini tekshirishning imkoni yo‘q edi. Bunga ishondik», — deydi Marubayev.

Uning aytishicha, bu hodisalarda boshqa kimlarningdir qo‘li bo‘lgan. Aks holda ikki millat orasida to‘satdan bunday nizo kelib chiqmagan bo‘lardi:

«Bolaligimni yaxshi eslayman, mesxetilar bilan do‘st edik. Ularni qardosh millat deb hisoblashardi. Bo‘lisholmaydigan hech nima yo‘q edi. Uning ustiga O‘zbekiston har doim ko‘p millatli yurt bo‘lgan, unda juda ko‘p millatlar ahil-inoq yashagan».

Военнослужащие войск МВД СССР, присланные в в Ферганскую долину для поддержания порядка

Uning eslashicha, eng dahshatli to‘qnashuvlar yuz bergan kuni o‘zbeklar mesxetilarni qutqarishgan ham.

«Mesxeti turklari ketgach, ruslar, qrim tatarlar, koreyslar ham Farg‘ona vodiysini tark etishgan. Ular yana shunday qirg‘in yuz berishidan qo‘rqqan. Biroq qaytib unday bo‘lmadi. Ba’zi mesxeti turklar oilalari bir necha yillardan so‘ng O‘zbekistonga qaytib kelishgan», — qo‘shimcha qiladi Marubayev.

alt

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi komissiyasi e’lon qilgan ma’lumotlarga qaraganda, may-iyun oylarida yuz bergan to‘qnashuvlarda 103 kishi nobud bo‘lgan, ularning 52 nafari mesxeti turk, 36 nafari o‘zbek, qolganlari boshqa millatlarga mansub kishilar. 1011 kishi tan jarohati olgan, Ichki qo‘shinlarning 137 harbiy xizmatchisi, milisiyaning 110 xodimi yaralangan. Aholining 757 uyi, davlatning 27 ob’ektiga o‘t qo‘yilgan va talon-taroj qilingan. 275 ta transport vositasiga o‘t qo‘yilgan.

Fojiadan so‘ng mesxeti turklari Rossiyaga ko‘chirilgan. Hozirda ular Rossiya, Ozarbayjon, AQSh va Turkiyada yashaydi.

Kiritildi: 14:36 04.06.2019. O'qildi: 21026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!