Reuters va Ipsos o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, barcha mumkin bo‘lgan demokrat nomzodlardan faqat Mishel Obama noyabrdagi saylovlarda Trampni mag‘lub etishi mumkin ekan.
So‘rovda ishtirok etganlarning 50% sobiq prezidentning rafiqasi nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan va faqat 39% Trampga ovoz berishga tayyor.
Boshqa demokrat nomzodlarning barchasi ushbu qarama-qarshilikda Trampga yutqizishi ma’lum bo‘lgan. Xususan, agar Kamala Xarris saylovda ishtirok etsa saylovchilarning 43% — Trampga 42% — Xarrisga, agar Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bo‘lsa raqobat 42 %ga — 39% bo‘lishi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, AQShda yaqinda bo‘lib o‘tgan teldebatlardan so‘ng Baydenning holati demokratlar partiyasidan ko‘pchillikning xavotirga solgan va prezidentlikka nomzodni almashtirish kerak degan fikrlar paydo bo‘lgan edi.