Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinning maxsus telefoni qanday ishlashi haqida gapirdi. Bu haqda 26 aprel, yakshanba kuni xabar beradi, deb yozadi “TASS”.
Shu hafta Putin mintaqaviy rahbarlar bilan videokonferensiyalar shaklida bir nechta uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbat davomida prezident turli vazirlarni savollariga oydinlik kiritish yoki ko‘rsatmalar berish uchun ular bilan bog‘lanishga chaqirdi.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylarga qo‘ng‘iroq qilish uchun Putin maxsus telefonda bitta tugmani bosishi kifoya. Peskovning aytishicha, ular orasida "hukumat rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, ma’muriyat rahbarlari va boshqa ko‘plab xodimlar bor".
Davlat rahbarining vakili "bu yangilik emas" va "prezident mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalaridan juda faol foydalanmoqda" deb qo‘shimcha qildi.
2019 yil sentyabr oyida OAV Kremldan tashqarida Rossiya rahbari go‘yo oddiy uyali telefonni emas, balki maxsus telefon ishlatishini aytgandi, u qalinroq va u bir necha darajadagi himoyani ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotlarga izoh bergan Dmitriy Peskov telefon "juda qalin emas" deb ta’kidladi.