Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida Isroil ro‘yxatidan 34 nafar garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Asharq. telekanali xabar berdi.
Ro‘yxatga G‘azo sektorida saqlanayotgan ayollar, bolalar va kasallar kiritilgan. Ta’kidlanganidek, harakat bu garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘lgan, ammo ularning tirik yoki yo‘qligini aniqlash uchun taxminan bir hafta vaqt ketadi.
Reuters, shuningdek, HAMAS vakiliga tayanib, harakat G‘azo sektori bo‘yicha kelishuv doirasida ozod qilishga tayyor bo‘lgan 34 nafar garovga olinganlarning ismlari ro‘yxatini tasdiqlaganini xabar qildi.
Hamas guruhi 2023-yil 7-oktyabrda Isroil janubiga uyushtirgan hujumi chog‘ida 251 kishini garovga oldi. Ularning bir qismi muzokaralar chog‘ida qo‘yib yuborilgan. Isroilga ko‘ra, G‘azoda garovga olingan 101 kishi qolmoqda, ulardan 51 nafari tirik.