Payshanba kuni Berlinning Kroysberg tumanida bo‘lib o‘tgan falastinparastlik namoyishi chog‘ida kamida 50 kishi hibsga olindi, 10 polisiyachi jarohatlandi.
Bu haqda X telekanaliga huquq-tartibot idoralari vakili ma’lum qildi.
"Kamida 50 kishini qo‘lga olishimizga to‘g‘ri keldi. 10 nafar polisiya xodimi jarohatlangan. Bir polisiyachi og‘ir jarohat olgan. U shifoxonaga yetkazildi," - dedi u.
Payshanba kuni Kroysbergdagi namoyishda 1,1 mingga yaqin odam ishtirok etdi. Ko‘plab faollar Falastin yetakchisi Yosir Arofat kabi an’anaviy ro‘mol o‘ragan, qo‘llarida bayroq va boshqa atributlarni ko‘targan.
Namoyish davomida tartibsizliklar, namoyishchilar va huquq-tartibot posbonlari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Faollar polisiyachilarga shishalar va toshlar otishdi.
"Shu sababli aksiya ishtirokchilariga kuch ishlatishga to‘g‘ri keldi. Oqibatda namoyish ishtirokchilari ham jabrlangan. Ular Berlin o‘t o‘chirish xizmati tomonidan shifoxonaga yetkazilgan," deb ta’kidlab o‘tgan polisiya vakili.