Xalqaro futbol federasiyasining Falastin futbol federasiyasi raisi Jibril Rajubga nisbatan qo‘llagan sanksiyasi FIFAning Isroil bilan til biriktirishi natijasidir. Falastin futbol federasiyasi ana shunday bayonot bilan chiqdi, deya xabar bermoqda IslamToday.
Rajubga nisbatan intizomiy chora joriy yilgi jahon chempionati arafasida o‘tkazish rejalashtirilgan Argentina – Isroil terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan chiqishi uchun berildi. U Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashmaslikka chaqirdi.
“Messi, ishtirok etma. Irqchilikning yuzini oqlama”, – degan edi Rajub Ramallohda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida.
Endi Falastin futbol feredarsiyasi rahbari bir yil davomida FIFA shafeligida o‘tkaziladigan hech bir tadbirda qatnasha olmaydi. Bundan tashqari, Jibril Rajub 20 ming Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortilgan.
Isroil va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa o‘tkazilmadi.
Manba: azon.uz