Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Fabrisio Romano Ronalduning boykot sababi va uning kelajagi haqida ma’lumot berdi

Fabrisio Romano Ronalduning boykot sababi va uning kelajagi haqida ma’lumot berdi

Taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining YouTube-kanalida Krishtianu Ronalduning “An-Nassr” uchrashuvlarini boykot qilayotgani va uning kelajagi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan batafsil izoh berdi.

Romanoning ta’kidlashicha, muammo Krishtianu Ronaldu va “An-Nassr” klubi o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq emas. Insayderga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining jamoa bosh murabbiyi, jamoadoshlari, muxlislar hamda klub rahbariyati bilan munosabatlari juda yaxshi.

“Krishtianu klubdagi muhitdan, murabbiylar shtabidan va rahbariyatning ishidan mamnun. Klub ichida hech qanday muammo yo‘q”, deydi Romano.

Biroq muammo Saudiya Proligasidagi bir nechta klublarni nazorat qiluvchi fond faoliyati bilan bog‘liq ekani qayd etildi. Ronaldu aynan ushbu fondning investisiyalar, byudjetlar va umumiy strategiya borasidagi qarorlaridan norozi.

“Gap klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlar yoki menejer haqida emas. Masala eng yuqori darajadagi boshqaruvga taalluqli. Buni aniq tushunib olish muhim”, deya qo‘shimcha qildi insayder.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan munosabatlarni uzmoqchi emas. Futbolchi Saudiya Proligasidagi ayrim klublar va ularni boshqarayotgan tizim bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlardan norozi, xolos.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi so‘nggi ikki uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi navbatdagi uchrashuvda ham maydonga tushmasligi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:12. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!