Germaniya shimoli-sharqidagi Lujisada dunyodagi eng baland shamol turbinasini qurish boshlandi, deb xabar berdi Daily Express.
Loyiha qiymati 24 million funt sterling, shamol turbinasi balandligi 365 metr bo‘lib, Parijdagi Eyfel minorasi (330 m)ni ortda qoldiradi. Ammo shamol generatori parraklari standart — 65 metrni tashkil qiladi.
Beventum kompaniyasi (Sprind kompaniyasi sho‘’basi) rahbari Martin Shome ta’kidlashicha, turbina bunchalik baland qurilishiga sabab bitta — bu balandlikda doim shamol esib turadi va elektr ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Global Construction Review ma’lumotiga ko‘ra, yangi shamol parragi mamlakatda Berlin teleminorasidan so‘ng ikkinchi eng baland inshootga aylanadi.