Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropaning eng yirik masjidi: uni o‘zbekistonliklar bunyod etdi

Evropaning eng yirik masjidi: uni o‘zbekistonliklar bunyod etdi

Chechenistonda Yevropadagi eng yirik masjid ochildi. Jami 100 ming kishi ibodat qila oladigan masjidni o‘zbekistonlik arxitektorlar Samarqand va Buxorodagi me’morchilik asosida qurishdi

O‘zbekistonlik arxitektorlar loyihaga boshchilik qildi

Masjidning ichiga 30 ming odam sig‘adi. Tashqarisiga esa 70 ming ibodatchi sig‘adi. Shahar aholisi esa atigi 54 mingni tashkil etadi.

Ochilish marosimida Ramzan Qodirov masjid Muhammad payg‘ambar nomi bilan atalishini ma’lum qildi. Avvalroq, masjid Ramzan Qodirov nomi bilan atalishi tarqalgandi.

2012 yilda qurilishi boshlangan masjid “Shali-siti” kompleksi tarkibiga kiritildi. Masjidni o‘zbekistonlik arxitektorlar Samarqand va Buxorodagi me’morchilik uslubi asosida qurgan.

Bosh arxitektor Abduqahhor Turdiyev loyiha Checheniston rahbarining taklif va mulohazalari bilan to‘ldirilgan.

Manba: to'g'ri. uz

Kiritildi: 22:30 23.08.2019. O'qildi: 6238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!