Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropadagi eng so‘ngi jodugarning o‘ldirilishi

A A A
Evropadagi eng so‘ngi jodugarning o‘ldirilishi

Diqqat markazimizda bo‘lishi nazarda tutilgan Anna Geldi imli ayol 1734 yilning 24 oktyabr kuni Shveysariyadagi Zennvalde komunnasida tavallud topgan. Uning yoshligi va o‘spirinlik davridagi hayoti haqida hech qanday tarixiy ma’lumot yo‘q. Anna Geldi hech qanday bilimga ega bo‘lmagan. Shu sababli o‘sha 18 asrlar uchun eng na’munali ish xisoblangan uy xizmatkori bo‘lib turli o‘ziga to‘q oilalarda xizmat qilgan.

Anna Geldi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Zennvaldeda xizmat qilgan bir askardan homilador bo‘ladi. Bu paytda esa nikohsiz farzand tug‘ish cherkov tomonidan uning uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi bilan yakunlanardi. Buni bilgan Anna Geldi taxminlarga ko‘ra chaqaloqni qishda sovuqda qo‘yib o‘ldirgan. 1765 yilda u isnoddan qochib Shvesariyaning Glarus shaxarchasiga boradi va yana uy xizmatkori bo‘lib ishlashda davom etadi. 1780 yilning sentyabr oyida esa Anna Geldi shu shaxarchadagi obru e’tiborga ega bo‘lgan doktor Iogan Yakob Chudining uyiga xizmatkor bo‘lib boradi. Usha paytga alokador saqlanib kolgan tarixiy manbalarda kayd etilishicha Anna Geldi va doktor Yakoblar pinxona bir birlari bilan uchrashib yurgan

1781 yilning oktyabr oyida esa doktor Yakobning qizlaridan biri Anna Mariya juda qattiq betob bo‘ladi. Keyin ma’lum bo‘lishicha esa Anna Geldi qizadoqni o‘ldirish maqsadida har kun uning noniga va sutiga igna solib bergan. Shundan keyin qizaloqni boshidan nimalarni o‘tkazganini tasavvur qilish qiyin emas bizningcha. Birok Anna Geldi fakat usha doktor Yakobning uyidan haydab yuborilish bilan qutilib koladi. Keyin esa doktor uni ustidan arz qiladi. 1782 yilning may oyida Anna Geldi usha Glarus shaxarchasidagi bir uyning yertulasidan qo‘lga olinadi. Unga qo‘shib esa Anna Geldini yashiringanlikda ayblab uy sohibi ham qamaladi. 1782 yilning 13 iyun kuni cherkovning juda qattiq qiynog‘idan so‘ngi Anna Geldi iblis bilan hamkorlik qilganini bo‘yniga oladi. Bu esa uni o‘ziga o‘zi o‘lim hukmini chiqarganidan dalolat berardi. Sud Anna Geldini boshini tanasidan judo etish yo‘li bilan o‘lim jazosiga hukm qiladi.

Hukm esa mamnuniyat ila shu kunning o‘zidayek amalga oshiriladi. Biroq shu joyi borki Anna Geldi ishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar yo‘q kilinadi. Bunga esa sabab Anna Geldining jodugarlikdagi aybi isbotlanmagani va kimnidir o‘ldirishga uringani uni qatl qilishga asos bo‘lolmasligi edi. Shuningdek, Anna Geldi oqlanishi ham mumkin edi va shunday bo‘ldi xam. Lekin, u o‘lib ketgandan 226 yil o‘tib. Mana fakt. 2008 yilning 27 avgust kuni Shvesariya parlamenti Anna Geldi nomini oqladi va uni jodugar emas sudning aybi bilan qatl qilingan deya e’lon qildi. Shvesariyaning Mollis shaxarchasida Anna Geldining hayoti aks etgan va unga bag‘ishlangan muzey 2007 yildan buyon faoliyat olib borayotganligini aytgan holda maqolamizga xotima yasaymiz.

Manba: megadunyo.uz

Kiritildi: 01:00 14.08.2018. O'qildi: 2098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik