Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Evropada GPS signalini soxtalashtirish holatlari keskin oshmoqda

Evropada GPS signalini soxtalashtirish holatlari keskin oshmoqda

Butun dunyo bo‘ylab fuqarolik aviasiyasi uchuvchilari samolyot kabinasida xavf haqidagi signallarni tez-tez eshitmoqdalar va ularga borgan sari kamroq ishonch bildirilyapti. Bunga GPS-spufing (signalni soxtalashtirish) sabab bo‘lyapti.

Raketalar ham, kichik dronlar ham GPS tizimidan foydalanadi. Harbiylar ularning signalini bo‘g‘ish yoki soxtalashtirish orqali ularni yo‘nalishdan chalg‘itishga harakat qilishyapti, bu usulni Rossiya ham, Ukraina ham, Isroil ham qo‘llayapti. Biroq, buning natijasida fuqarolik samolyotlarining qurilmalarida ham uzilishlar va xatoliklar yuzaga kelmoqda.

SkAI Data Services loyihasining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Boltiqbo‘yi mintaqasida signalni soxtalashtirish holatlari soni ikki yil ichida o‘n baravarga oshgan: 2023 yildagi 7,7 mingtadan 2025 yilda 76 mingtadan ko‘proqqa yetgan.

AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, ushbu muammo eng avj olgan paytda (2025 yilda) kuniga qariyb mingtaga yaqin samolyot mazkur nosozlikka duch kelgan, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 13:12. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!