Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa yonmoqda: Anomal issiqlik va o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holatlar saqlanmoqda

Evropa yonmoqda: Anomal issiqlik va o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holatlar saqlanmoqda

Evropa davlatlarida, ayniqsa O‘rta yer dengizi havzasiga kiruvchi mamlakatlarda anomal issiqlik hali ham saqlanib turibdi. Ko‘plab hududlarda o‘rmon yong‘inlari va ular bilan bog‘liq xavfli vaziyatlar bilan kurash davom etmoqda.

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Portugaliyada yuzaga kelgan yong‘inlarga qarshi kurashish uchun 2 mingga yaqin yong‘in o‘chiruvchi safarbar etilgan.

Eng jiddiy vaziyat Ponte-da-Barka hududida kuzatilmoqda. Rasmiylar ma’lum qilishicha, bu yerdagi yong‘in hali nazoratga olinmagan, va o‘nlab fuqarolar xavfsizlik maqsadida evakuasiya qilingan.

Meteorologlar esa Yevropa bo‘ylab keyingi kunlarda ham yuqori harorat saqlanishini bildirmoqda. Mutasaddilar aholini ehtiyotkor bo‘lishga va rasmiy ko‘rsatmalarga amal qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 17:57 01.08.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!