Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari rahbarlarini Pekin tomonidan rejalashtirilgan muhim xomashyo eksporti nazorati bo‘yicha yechim topilmasa, Xitoyga qarshi eng qat’iy savdo choralarini qo‘llashni ko‘rib chiqishga chaqirdi, deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, u payshanba kuni YEI sammitida tegishli murojaat bilan chiqqan. Tadbir yakunlangach, u OAV bilan suhbatda Pekinning harakatlarini "iqtisodiy majburlash" deb atadi va ularga javob berish imkoniyatiga ega bo‘lish kerakligini aytdi.
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Vadefulning Xitoyga rejalashtirilgan safari bekor qilindi. Sababi — Xitoy tomoni u bilan hech qanday rasmiy uchrashuvlar belgilamadi.
- Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Nexperia kompaniyasiga nisbatan cheklovlar joriy etgan, bu esa Germaniya sanoatida, ayniqsa, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida chiplar yetishmovchiligiga olib kelgan.