Rossiya prezidenti “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda. Vladimir Putinning Ukraina mojarosi haqida bayonotlari
▪️Ukrainani Rossiyaga gijgijlaganlar nafaqat Rossiya manfaatlariga, balki Ukraina xalqi manfaatlariga ham tupurishni xohlashdi.
▪️Agar Tramp hokimiyatda qolganida, Ukrainadagi mojaroni oldini olish mumkin edi.
▪️Ukraina fojiasi ham ukrainlar, ham ruslar uchun og‘riqdir.
▪️NATO Rossiya chegarasiga yaqinlashmaganida, bu mojaro yuz bermasdi.
▪️Har bir davlat o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli — bu Ukrainaga ham, Rossiyaga ham tegishli.
▪️Boshqa davlatlar uchun Ukrainadagi mojaro — nazorat hududini kengaytirish va qo‘shimcha daromad olish vositasidir.
▪️Janglarni to‘xtatish imkoni hozircha yo‘q, ammo javobgarlik, birinchi navbatda, Yevropaga tushadi.
▪️ Yevropa Ukraina mojarosini faqat kuchaytiryapti — ularning boshqa maqsadi yo‘q.