Evropa davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning “xushomad tuzog‘i”ga tushib qolishi mumkin. Bu haqda Yevropa kengashining tashqi aloqalar bo‘yicha direktori Jeremi Shapiro Politico nashrida chop etilgan maqolasida ta’kidladi.
Tahlilchining fikricha, Tramp Oq uyga qaytgach, Yevropa yetakchilari uning g‘azabidan yoki jazo choralaridan qochish uchun “xushomad, iltimos va chalg‘itish” strategiyasini tanlagan.
Biroq Shapiro bu usul samara bermasligini qayd etdi:
“Trampga xushomad qilish yaxshi siyosiy natijaga olib kelishi haqida hech qanday dalil yo‘q. Aksincha, bu uni yanada ko‘proq talablar qo‘yishga undayotgandek ko‘rinadi”.
Ekspertning ta’kidlashicha, bunday yondashuv Yevropaga qimmatga tushishi mumkin, chunki u zaiflik belgisi hisoblanadi.
“Tramp dunyosida esa hamma narsa kelishuv. Zaiflik kechirilmaydi – undan foydalaniladi”, — deya xulosa qildi Shapiro.