Evropa Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, AQSh bilan “transatlantik munosabatlarning ehtimoliy uzib qo‘yilishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Nashr jurnalistlari Yevropaning beshta davlatidan 15 nafar siyosatchi, diplomat va tahlilchi bilan suhbatlashib, saylovda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, Yevropa AQSh bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga hozirlik ko‘rmoqda, degan xulosaga keldi.
"Shu bilan birga, yevropalik rasmiylarning xavotirlari asosan Trampga qaratilgan", deb yozadi The Washington Post.
Gazeta suhbatdoshlari "Trampdan himoyalanish choralarini, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishayotganini" ta’kidladilar. Nashr bunday choralar qatorida Yevropa rasmiylarining AQShdagi saylov oldidan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishga urinishlarini ham tilga oladi.