Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen oktyabr oyida Shimoliy Atlantika alyansining yangi bosh kotibi bo‘lib, Yens Stoltenberg o‘rnini egallashi mumkin.
Bu haqda Britaniyaning The Sun gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
Gazetaning yozishicha, NATOning qator davlatlari fon der Lyayen nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi va uning oktyabr oyidayoq tayinlanishi tarafdori.
Shu bilan birga, mansabdor shaxsning YEK raisi sifatidagi vakolatlari faqat 2024 yilda tugaydi.