Bugun Yevropa Kengashi “DAISH” va “Al-Qoida”, shuningdek, ushbu tashkilotlarga aloqador guruhlar, jismoniy shaxslar, korxona va tashkilotlarga nisbatan cheklov choralari muddatini uzaytirdi.
Evropa Ittifoqi sanksiyalari bir yilga – 2025 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi.
Hozirgi ro‘yxatga 15 kishi va 6 guruh kiradi. Unda nomi tilga olinganlarning aktivlari muzlatiladi, jismoniy shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlanadi.
Bundan tashqari, YEI jismoniy va yuridik shaxslariga sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga mablag‘lar, moliyaviy aktivlar yoki iqtisodiy resurslar taqdim etish taqiqlanadi.
Bryusselda Yevropa Ittifoqi terrorchilik xurujlarini rejalashtirish, moliyalash va amalga oshirish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab terrorchilik targ‘ibotini tarqatish orqali xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotganlarga qarshi kurashishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
2016 yil sentyabr oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi mustaqil ravishda “DAISH” va “Al-Qoida”, shuningdek, ular bilan aloqador shaxslar, guruhlar, korxonalar va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar joriy etgan.
Ilgari G7ga a’zo davlatlar Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli mintaqaviy urushni qanday tugatish bo‘yicha kelisha olmagan edi. Yevropa Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi sobiq elchisi Luidji Narbonning so‘zlariga ko‘ra, keskinlikni yumshatish bo‘yicha diplomatik yondashuv aniq natija bermagan.
Evropa Ittifoqining aksariyat davlatlari o‘z fuqarolarini Livan hududini tark etishga chaqirdi.