Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqining ayrim davlatlari Fiso samolyotining Rossiyaga parvozini ta’qiqladi

A A A
Evropa Ittifoqining ayrim davlatlari Fiso samolyotining Rossiyaga parvozini ta’qiqladi

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso matbuot anjumanida aytishicha, Yevropa Ittifoqi ayrim mamlakatlari uning G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Rossiyaga uchmoqchi bo‘lgan samolyotining o‘z hududlari ustidan parvoz qilishini taqiqlayotgan ekan.

"Bu yoqimsiz holat. Yevropa Ittifoqi hududi orqali biror joyga uchmoqchi bo‘lsangiz-u, ular sizga: "Yo‘q, bizning hududimiz orqali ucha olmaysiz", deyishsa. Men nimani nazarda tutayotganimni, xalqaro munosabatlar nuqtai nazaridan qanday ahvolga tushib qolganimizni tasavvur qiling," - dedi Fiso.

Slovakiya Bosh vaziri aniq qaysi davlatlar haqida gap ketayotganini aniqlashtirmadi.

Fiso 9 may kuni Moskvada bo‘lishini yana bir bor tasdiqladi. U bilan birga delegasiya tarkibiga ikki nafar talaba ham kiradi.

Kiritildi: 23:59 04.05.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!