Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya "yagona bozor" tizimiga qaytmaydi, lekin hamkorlikni boshlashi mumkin.
Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvda Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda "yangi bosqich boshlanishi"ni e’lon qilar ekan, Britaniya jamoatchiligi "Brexit'ni amalga oshirish va kelishuvlar ularning manfaatlariga xizmat qilishi" uchun yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarda "oqilona yetakchilik"ga qaytishni istashini ma’lum qildi. Britaniya bosh vaziri o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari qatorida iqtisodiy o‘sish, energiya xavfsizligi va noqonuniy migrasiyani sanab o‘tdi.
"Bugungi suhbat asosan yangi sahifa ochish va yanada konstruktiv muzokaralar olib borish haqida bo‘ldi, ammo bu hamkorlik jarayonida hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi, degani emas", deya tushuntirdi Starmer va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilash chegaralarni ochish va "yagona bozor" tizimiga qaytishni anglatmasligini ta’kidladi. Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, "Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya yaqinroq hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganishi va mavjud kelishuvlarning to‘liq va to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor qaratishlari kerak".
2016 yilda Starmer Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi chiqqandi. Oxirgi saylov kampaniyasi davomida u Brexit bo‘yicha qarorni bekor qilish ehtimoli haqida uzoq vaqt izoh bermadi, lekin yakunda Londonning Yevropa Ittifoqiga qaytishi ehtimolini rad etdi.