Evropa Ittifoqi Ukrainaning qurolga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapti, bu vaziyatdan chiqishning eng oson yo‘li uni mustaqil ishlab chiqarishdir — The Washington
"O‘ylaymanki, Yevropa Ukrainaga zarur bo‘lgan qurollarni ishlab chiqarishga qodir emasligini tushunish kerak va ukrainaliklar uchun bu masalani hal qilishning eng oson yo‘li ylarni o‘zlari ishlab chiqarishlari. Agar ukrainaliklarning resurslari bo‘lsa, ular buni o‘zlari tezroq qilishlari mumkin", — deya fikr bildirdi nashr manbasi.
WPning yana bir suhbatdoshi G‘arbning moliyalashtirishini "Ukraina mudofaa sanoatiga sarmoya qilishning burilish nuqtasi" deb atadi.
"Mablag‘lar raketalar, uchuvchisiz uchish qurilmalari va uzoq masofaga uchuvchi qurollarni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Yaqin kelajakda moliyalashtirish hajmi keskin oshishi mumkin, — deya aniqlik kiritdi nashr manbasi.