Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketini ma’qulladi.
Bu haqda YEI tashqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u soya floti deb ataladigan 200 ga yaqin kemalarga qarshi qaratilgan. Kallas RFga qarshi yangi cheklovlar ustida ish olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga Buyuk Britaniya ham Rossiya qarshi sanksiya ro‘yxatini 82 ta pozisiyaga kengaytirdi.