Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga muhtoj(mi)?

 Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga muhtoj(mi)?

Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga muhtoj emas va Ukraina orqali tranzitni to‘xtatishga tayyor — energetika bo‘yicha Yevropa komissari.

"Dekabrda tugaydigan tranzit kelishuvi uzaytirilmasa, Yevropa Ittifoqi Ukraina orqali Yevropaga kiruvchi Rossiya gazini boshqa manbaga almashtira oladi", deya ma’lum qildi Kadri Simson.

"Men vazirlarga Rossiya va Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomani bekor qilishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqladim", deya Simsonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya Federasiyasining gazisiz ham “yashashi” mumkin, ba’zi davlatlar tomonidan bunday gaz yetkazib berishning davom etishi zarurat emas, balki “siyosiy xavfli qarordir”.

Avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy Kiyev “Naftogaz” va “Gazprom” o‘rtasidagi shartnomani uzaytirmasligini, shuning uchun Rossiya gazining Yevropaga tranziti 2025 yil 1 yanvardan to‘xtatilishi kerakligini aytgandi. Ayni paytda Ukraina bilan urush davom etayotganiga qaramay, Rossiya bu hudud orqali Avstriya, Slovakiya, Vengriya va Chexiya kabi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga gaz yetkazib bermoqda.

Kiritildi: 12:51 16.10.2024. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!