Evropa Ittifoqi obligasiyalarning o‘rta va uzoq muddatli transhlarini sotish orqali 10 milliard yevro (11 milliard dollar) yig‘ishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI "to‘rtinchi chorakda birinchi mablag‘larni jalb qilishni maqsad qilgan holda, 2027 yil dekabr va 2039 yil oktyabr oylarida muddati tugaydigan ko‘proq obligasiyalarni banklar orqali sotmoqda".
Nashrning ta’kidlashicha, bunday sindikatlangan qarz "hukumatlarga sarmoyadorlar bazasini diversifikasiya qilish bilan birga katta summalarni tezda jalb qilish imkonini beradi".
Financial Times ta’kidlaganidek, blokning o‘z obligasiyalarini chiqarish a’zo davlatlar 2020 yilda 2027 yilgacha mo‘ljallangan NextGenerationEU dasturi bo‘yicha umumiy qarz berish to‘g‘risida kelishuvga erishgandan so‘ng tez o‘sishni boshladi. Yevropa iqtisodiyotini tiklash va barqaror rivojlanishning keng qamrovli rejasi iqtisodlarga pandemiya oqibatlaridan xalos bo‘lishga yordam berish hamda Yevropaning yashil va raqamli o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uni amalga oshirish uchun taxminan 800 milliard yevro kerak bo‘ladi.
Majburiyatlarga ko‘ra, Bryussel 2028 yildan boshlab NextGenerationEU uchun kreditlarni to‘lashni boshlashi kerak.