Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi Livan armiyasiga 100 million yevro ajratadi

Evropa Ittifoqi Livan armiyasiga 100 million yevro ajratadi

Evropa Ittifoqi Isroil va Livan o‘rtasidagi sulhni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Livan qurolli kuchlariga qo‘shimcha 100 million yevro ajratishga qaror qildi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaja Kallas ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Livan davlat institutlarini mustahkamlash va mamlakat xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash nafaqat mintaqada barqarorlikni ta’minlash, balki Hizbullah ta’siriga qarshi kurashishning ham muhim vositasi hisoblanadi.

«Ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqi Livan qurolli kuchlariga qo‘shimcha 100 million yevro ajratishga qaror qildi», — dedi Kallas.

Evropa Ittifoqi, shuningdek, Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv to‘liq ko‘lamli harbiy harakatlar qayta boshlanishining oldini olishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

Bryusselning fikricha, Livan armiyasining salohiyatini oshirish mamlakat janubida davlat nazoratini kuchaytirish va qurolli guruhlar ta’sirini cheklashga xizmat qiladi. Shu bois Yevropa Ittifoqi Livan xavfsizlik tizimini qo‘llab-quvvatlashni mintaqaviy barqarorlikning muhim omili sifatida baholamoqda.

Kiritildi: 22:31 04.06.2026. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!