Evropa Ittifoqi AQSh bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, Amerika tovarlariga 30 foizlik boj soliqlari joriy etishi mumkin.
“Report” agentligi Bloomberg manbalarga tayanib xabar berishicha, bunday chora taxminan 100 milliard yevroga teng AQSh mahsulotlariga taalluqli bo‘ladi va javob tariqasida avgust oyida kuchga kiradi.
Manbalar ma’lum qilishicha, bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Yevropaga nisbatan 30 foizlik boj soliqlari joriy etilishi haqida e’lon qilingan rejalarga javob sifatida ko‘rilmoqda.
Ayni paytda Bryussel va Vashington o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, ammo kelishuvga erishilmasa, Yevropa Ittifoqi o‘z himoya choralarini joriy etadi.