Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi afg‘onlarga 25 tonna yordam yubordi

Evropa Ittifoqi afg‘onlarga 25 tonna yordam yubordi

Evropa Ittifoqi Afg‘onistonga yana 25 tonna zarur narsalarni yetkazib berdi. Bu Yevropa Ittifoqidan bir hafta ichida gumanitar yordam olib kelgan ikkinchi samolyot hisoblanadi. Birinchisi mamlakatga 35 tonna mahsulot olib kelgandi.

"Biz Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz", – deb yozdi o‘z tvitterida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen. Avvalroq siyosatchi Bryussel Afg‘onistonga insonparvarlik yordami uchun 300 million yevro ajratayotganini aytgandi.

Evropa Ittifoqining inqirozlarni boshqarish bo‘yicha komissari Yanez Lenarchichning so‘zlariga ko‘ra, 18 milliondan ortiq afg‘on favqulodda yordamga muhtoj.

Kiritildi: 17:37 03.10.2021. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!