Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Evropa go‘zali” tanlovida ozarbayjonlik model g‘olib bo‘ldi

“Evropa go‘zali” tanlovida ozarbayjonlik model g‘olib bo‘ldi

Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada bo‘lib o‘tgan "Miss Universe-2020" xalqaro go‘zallik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon. Emiliya “Miss Yevropa” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Loyihada turli davlatlardan kelgan ayollar ishtirok etishdi. G‘oliblar SMS orqali ovoz berish va hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi. Taqdirlash marosimi Vegas City Hall da o‘tgan yillar ishtirokchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Gamidova Bokuda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zi daromad topishni orzu qilar edi va u bunga erishdi. 14 yoshidan boshlab Gamidova model biznesida ish boshladi, ko‘plab loyihalarda qatnashdi.

Ayni vaqtda Emiliya Moskva davlat madaniyat instituti aktyorlik fakultetining 4-kurs talabasi. Moda biznesidan tashqari Gamidova Rossiya seriallari va filmlarida ham rol o‘ynagan.

Kiritildi: 15:56 02.12.2020. O'qildi: 5404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!