Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Evropa davlatlari Ispaniyaga moliyaviy yordam beradi

Evropa davlatlari Ispaniyaga moliyaviy yordam beradi

Bryusselda o‘tayotgan Yevroparlamentning yalpi majlisini Yevroparlament raisi Roberta Metsola ochdi. U uchrashuvni Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashdan boshladi.

Evroparlament a’zolari Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlarini bir daqiqalik sukut saqlab xotirladi.

Yig‘ilishda Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola Ispaniyaga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Evropa Komissiyasining Ispaniyadagi halokatli suv toshqinlari, jabrlanganlarga favqulodda yordam ko‘rsatish, tayyorgarlikni kuchaytirish va iqlim inqiroziga qarshi kurash haqidagi bayonoti chorshanba kuni Yevroparlament kun tartibining birinchi moddasi sifatida ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa hamkorlik jamg‘armasidan o‘z mamlakatiga joriy asrdagi eng dahshatli suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag‘ so‘ragan edi. Keyinroq Ispaniya bosh vaziri suv toshqini tufayli 3,7 million yevro miqdoridagi yangi yordamga muhtoj ekanligini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!