Evropa aviaxavfsizlik agentligi Rossiya havo hududidan foydalanuvchi aviakompaniyalar uchun tavsiyalarni kuchaytirdi. Mojaro hududlari ustidan uchish xavflari haqidagi yangilangan ma’lumotda aviaregulyator Rossiyaning yevropa qismi, shu jumladan Ural ustida parvozlardan voz kechishni tavsiya qildi.
Yangi tavsiyalar Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi va "fuqarolik havo kemalariga hujumlar xavfi, fuqarolik va harbiy aviasiya o‘rtasidagi hamkorlikdagi mumkin bo‘lgan kamchiliklar va noto‘g‘ri identifikasiya ehtimoli" bilan bog‘liq. Regulyator "Ozarbayjon avialiniyalari" samolyotining halokatini misol sifatida keltirgan.