Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa AQShning Eronga qarshi urushiga tanqid bildirdi

Evropa AQShning Eronga qarshi urushiga tanqid bildirdi

Belgiya bosh vaziri o‘rinbosari Frank Vandenbruk AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlarini keskin tanqid qildi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur urush “noqonuniy va aqldan ozganlik” hisoblanadi. Siyosatchi Yevropa davlatlari bu mojaroning tezroq yakunlanishini istashini bildirgan.

Vandenbruk shuningdek, Belgiya bu urushda ishtirok etmasligini ochiq aytdi va hozircha harbiy harakatlarga qo‘shilish masalasi kun tartibida emasligini qayd etdi.

Bayonot xalqaro miqyosda AQShning Eronga nisbatan siyosatiga nisbatan tanqidlar kuchayib borayotgan bir paytda yangradi.

Kiritildi: 23:14 20.03.2026. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!