Nashrning Yevropa Ittifoqidagi manbasiga ko‘ra, iyulgacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarga hech qanday o‘zgartish kiritilmaydi.
"Sanksiyalarni navbatdagi uzaytirish muddatigacha (iyulgacha) hech nima bo‘lmaydi. Biz hech narsani o‘zgartirmaslik uchun ishlaymiz, chunki Rossiyaning o‘zi ham o‘zgarmagan va o‘z maqsadlarini ham o‘zgartirmagan", — deya ta’kidladi yevropalik diplomat.
Avvalroq, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio “Rosselxozbank”ni SWIFT tizimiga ulash uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalari olib tashlanishi kerakligi haqida fikr bildirgandi