Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining E guruhining 1-turida Belgiya va Slokaviya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Slovakiya terma jamoasi futbolchisi Shrans hisobni ochdi. Bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda belgiyaliklar hujumkor o‘yin namoyish etsa ham darvozani ishg‘ol eta olmadi. Uchrashuv Slovakiyaning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Guruhning birinchi o‘yinida Ruminiya Ukraina ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Evro—2024
1-tur
17 iyun, dushanba
Gollar: 0:1 – 7 Shrans.