Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evro—2024. Fransiya penaltilar seriyasida Portugaliyani mag‘lub etdi

A A A
Evro—2024. Fransiya penaltilar seriyasida Portugaliyani mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining chorak finalida Portugaliya va Fransiya terma jamoalari 5 iyul, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham tomoshabinlar gol guvohi bo‘lmadi. Shu tariqa terma jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa Fransiyaning qo‘li baland keldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Didye Desham shogirdlari yarim finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Evro—2024

Chorak final

5 iyul, juma

Portugaliya – Fransiya 0:0

Penaltilar seriyasi: 3:5

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu (Semedu, 74), Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh (Fransishku Konseysau, 74), Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 90), Vitinya, Rafael Leau (Joau Feliks, 105), Ronaldu.

Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Tchuameni, Kamavinga (Fofana, 90), Grizmann (Dembele, 67), Mbappe (Barkolya, 105), Kolo-Muani (Tyuram, 86).

Ogohlantirishlar: Palinya (79), Saliba (84).

Kiritildi: 05:41 06.07.2024. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!