Bugun Yevropa chempionatining navbatdagi kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Kunning ilk bahsida Ruminiya va Ukraina o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv soat 18:00 ga belgilangan.
Keyin esa Belgiya va Slovakiya o‘rtasidagi uchrashuvga start beriladi. Ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga belgilangan.
Kunning so‘nggi uchrashuvida esa Avstriya Fransiyaga qarshi bahs olib boradi. Bahs bizning vaqtda tunda bo‘lib o‘tadi.