Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Evro-2024: Angliya yarim finalda Niderlandiyani mag‘lub etdi

Evro-2024: Angliya yarim finalda Niderlandiyani mag‘lub etdi

U finalda Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi Yevropa chempionati yarim finalida Niderlandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa inglizlar bir kun avval ikkinchi yarim final uchrashuvida Fransiyani mag‘lub etgan Ispaniya bilan uchrashuvni ta’minladi.

Britaniyaliklar g‘alabani oddiy vaqtning so‘nggi daqiqasidayoq tortib olishdi.

Angliya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Yevropa chempionati finaliga chiqdi. Evro-2020 vaqtida (koronavirus pandemiyasi tufayli u 2021 yilda bo‘lib o‘tgan) Londonning «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida inglizlar Italiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.

Kiritildi: 02:14 11.07.2024. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!