Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Europol: "Odamlar va robotlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 10 yildan keyin boshlanadi"

Europol: "Odamlar va robotlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 10 yildan keyin boshlanadi"

Evropa Ittifoqining polisiya xizmati (Europol) 2035 yilga borib Yevropada odamlar va robotlar o‘rtasidagi mojarolar kelib chiqishi mumkinligi haqidagi hisobotni chop etdi. Bunga avtomatlashtirish tufayli ish o‘rinlarining yetishmasligi sabab bo‘ladi.

The Daily Telegraph nashriga ko‘ra, robotlar odamlarning kundalik hayotida tobora muhim o‘rin egallashi, yetkazib berish, tozalash va bemorlarga g‘amxo‘rlik qilishini ma’lum qildi. Biroq, avtomatlashtirish ko‘plab odamlarning ishini yo‘qotishiga olib keladi va "depressiyaga uchragan hududlar" aholisi norozilik sifatida mashinalarga hujum qilishni boshlaydi.

Hisobotda qayd etilishicha, robotning har qanday xatosi, ayniqsa, shifoxonalarda jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hujumlar va josuslik uchun robot yordamchilarini buzish, shuningdek, shaharlarga zarba berishda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan mini dronlardan foydalanish ehtimolini ham istisno etmaydi. Europol bunga robotlarni o‘chirib qo‘yadigan maxsus qurollar bilan qarshi turishni rejalashtirmoqda.

Evropa Ittifoqi polisiya xizmati ushbu hujjat prognoz emas, balki strategik rejalashtirish vositasi ekanligini qo‘shimcha qildi. Robototexnika sanoati vakillari allaqachon bu ssenariyni "texnik va tartibga soluvchi to‘siqlar" tufayli bo‘rttirilgan deb atashgan.

Bir necha kun oldin Yaponiyaning Kawasaki konserni muhandislari Corleo laqabli robot otning prototipini namoyish qilishdi. Robot otlar 2035 yilda Yaponiyada sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:11 13.12.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!