Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eskrou hali joriy etilmaydi

Eskrou hali joriy etilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 yanvardan yangi qurilayotgan uylarni eskrou tizimi orqali sotib olish boshlanishi haqida xabar tarqalmoqda.

Ammo bu ma’lumot qonuniy asosga ega emas.

Aniqlashtirishicha, Prezidentning 27.01.2025 yildagi PF-11-son Farmoni bilan uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan eskrou tizimini joriy etish masalasini tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan va hukumatga kiritilgan. Shunga ko‘ra, eskrou tizimiga oid o‘zgarishlar faqat qonun qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Qonun loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Kiritildi: 17:46 04.01.2026. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik