Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ertaga ham Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chadi

A A A
Ertaga ham Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chadi

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 19 iyul kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 19 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYning qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Kiritildi: 23:11 18.07.2023. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!