Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ertaga Bunyodkor ko‘chasining bir qismi yopiladi. Nega?

Ertaga Bunyodkor ko‘chasining bir qismi yopiladi. Nega?

«Aral marathon» Xalqaro ekologik marafonining o‘tkazilishi sababli, 17 oktyabr kuni soat 08:30 dan 10:00 gacha Bunyodkor shoh ko‘chasi dublyor yo‘lining Rasulov ko‘chasi bilan kesishgan joyidan «Xalqlar do‘stligi» maydoni yonidagi qaytish yo‘ligacha (razvorot) yopiq bo‘ladi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bunyodkor shoh ko‘chasining Toshkent sirki tomoniga ketuvchi asosiy harakatlanish yo‘llari yopilmaydi.

Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Kiritildi: 19:45 16.10.2019. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!