Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ertaga, 5 avgust kuni tashkil etiladigan charter reyslar

Ertaga, 5 avgust kuni tashkil etiladigan charter reyslar

Ertaga, 5 avgust kuni tashkil etiladigan charter reyslar ma’lum bo‘ldi.

Toshkent-Seul-Toshkent
Qohira-Toshkent-Qohira

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi. 

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Bugun Toshkent-Istanbul-Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

Kiritildi: 14:33 04.08.2020. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!