Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ertaga, 25 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

A A A
Ertaga, 25 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ba’zi joylarda 23-25 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ba’zi joylarda 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechqurun biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, ayrim tumanlarda kuchayishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo masssalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

24-27 fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, 25-27 fevral kunlari qorga aylanadi) bo‘ladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.

Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ba’zi joylarda 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

26-27 fevral kunlari havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Kiritildi: 17:40 24.02.2025. O'qildi: 3422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!