Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronning yangi rejasi bor. Tramp nima deydi?

Eronning yangi rejasi bor. Tramp nima deydi?

Pokistonlik vositachilar yaqin kunlarda Tehrondan tinchlik taklifining yangilangan variantini olishni kutishmoqda. Bu haqda vositachilik jarayoniga yaqin manbalar CNN telekanaliga ma’lum qilgan.

O‘tgan dam olish kunlari taqdim etilgan rejaning avvalgi versiyasida birinchi navbatda urushni to‘xtatish ko‘zda tutilgan, Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish esa keyinroqqa qoldirilgan edi. AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu variant uni qoniqtirmasligini ochiq bildirdi.

CNN manbalarining xabar berishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Rossiyaga tashrifidan so‘ng bugun Tehronga qaytishi kerak va u Eron rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Manbalarning aytishicha, aloqa jarayoni sekin kechmoqda, bunga oliy rahnamo Mujtabo Xomanaiy bilan bog‘lanishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lmoqda — uning qayerda ekanligi sir saqlanmoqda.

Tramp avvalroq Eron tomonidan dam olish kunlari taqdim etilgan rejani qabul qilmasligini ishora qilgan edi. Manbalar jarayon davom etayotganini va rivojlanish bosqichida ekanligini ta’kidlashmoqda; ko‘p narsa Eronning AQSh uchun maqbulroq taklif taqdim etishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 23:48 28.04.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!