Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eronning Toshkentdagi elchixonasida prezident saylovi ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Eronning Toshkentdagi elchixonasida prezident saylovi ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Eron Islom Respublikasida hamda mamlakatning xorijiy davlatlarda ochilgan saylov uchastkalarida prezident saylovining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha yashab turgan eronliklar ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi binosida ochilgan ovoz berish maskaniga kelib, ikki nomzoddan biriga ovoz berishdi.

Eron konstitusiyasiga ko‘ra, prezident saylovining birinchi turida 50 foizdan ko‘p ovoz olgan nomzod mamlakat rahbarligiga saylangan hisoblanadi. Hech bir da’vogar yetarli natijani qayd eta olmasa, g‘olib eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirokidagi ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha aniqlanadi.

Kiritildi: 23:37 05.07.2024. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!