Xondabdagi og‘ir suv ishlab chiqarish zavodi jiddiy zarar ko‘rdi va endi ishlamayapti.
Bu haqda Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) ma’lum qildi.
"MAGATE 27 mart kuni hujumga uchragan Xondabdagi og‘ir suv ishlab chiqarish zavodi jiddiy zarar ko‘rganini va endi ishlamay qolganini tasdiqladi", deyiladi agentlik bayonotida.
MAGATE shuningdek, binoda hech qanday yadroviy materiallar topilmaganligini ta’kidladi.