Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Eronni kim boshqarayotganini hech kim bilmaydi

Eronni kim boshqarayotganini hech kim bilmaydi

Hozirda Eron davlatini kim boshqarayotganini hech kim bilmaydi — Donald Tramp.

AQSh prezidenti bu holat Tehron bilan munosabatlarda eng katta muammo ekanini aytdi.

"Ularning rahbarlari yo‘q qilindi, ulardan keyingi rahbarlar ham yo‘q qilindi. Eng katta muammo shundaki, Eronni kim boshqarayotganini hech kim bilmaydi", — dedi Tramp.

Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroil birgalikda hujum boshlagan kuniyoq o‘ldirilgan edi. Uning o‘rnini o‘g‘li Mujtabo Xominaiy egalladi. Biroq u otasi halok bo‘lgan zarba vaqtida yaralangan va shu kungacha omma oldida ko‘rinish bermagan.

Kiritildi: 20:54 07.10.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!